AsosiyJamiyat

Nukus voqealarida noqonuniy harakat qilgan IIV xodimlari qamaldi

'Nukus voqealarida noqonuniy harakat qilgan IIV xodimlari qamaldi'ning rasmi

2022 yil 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasida sodir bo`lgan voqealarni bartaraf etishda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Kogon shahar sudining 2023 yil 4 avgustdagi hukmi bilan 1996 yilda tug`ilgan T. A. va 1985 yilda tug`ilgan X. S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Ularning har biriga 2 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, 1979 yilda tug`ilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish odam o`limiga sabab bo`lsa) va 238-moddasi (yolg`on guvohlik berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga 1 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi

    Boshqa yangiliklar