FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining bergan xabariga ko`ra, bugun Toshkent vaqti bilan 21:01 da Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 36,57 gradus shimoliy kenglik; 70,78 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,8. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 539 km janubiy-sharqda.
O`zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 4 ball, 320 km.
Farg`ona viloyatida 3-4 ball, 432 km.
Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 470 km.
Jizzax viloyatida 3-4 ball, 472 km.
Samarqand viloyatida 3-4 ball, 478 km.
Andijon viloyatida 3-4 ball, 488 km.
Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km.
Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 507 km.
Toshkent shahrida 3 ball, 539 km.






