AsosiyJamiyat

Jizzaxda bog`cha direktori pichoqlab o`ldirildi

'Jizzaxda bog`cha direktori pichoqlab o`ldirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanidagi qishloqlardan birida bog`cha direktori pichoqlab o`ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, 5 avgust kuni soat 02:30 da Jizzax viloyati Forish tumani “Do`stlik” mahallasida yashagan 1975 yilda tug`ilgan A.X. Forish tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohatlari bilan olib kelingan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan uning biologik o`limi qayd etilgan. 

Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida A.X.ga 5 avgust kuni soat 00:30 da uning mahalladoshi 1989 yilda tug`ilgan O.A. o`zaro kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog`i bilan tana qismiga ikki marta zarba bergani aniqlangan. 

Hozirda holat yuzasidan Forish tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat sodir etishda gumonlangan shaxs prosessual tartibda qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar