AsosiyJamiyat

⚡️Minglab ko`chatlarni nobud qilgan va qo`shib yozgan 29 nafar rahbar javobgarliklikka tortiladi

'⚡️Minglab ko`chatlarni nobud qilgan va qo`shib yozgan 29 nafar rahbar javobgarliklikka tortiladi'ning rasmi

Minglab ko`chatlarni nobud qilgan va qo`shib yozgan 29 nafar rahbar javobgarliklikka tortiladi, deya xabar bermoqda O`zA. Unga ko`ra: 

- Qoraqalpog`iston Respublikasida ko`chatlar sug`orish tizimlari mavjud bo`lmagan hududlarga ekilishi hamda mas`ullarning e`tiborsizligi natijasida jami 333,1 ming tup ko`chatlar nobud bo`lishiga yo`l qo`yilgani, bajarilgan ishlar hajmiga elektron platforma orqali amalda ekilmagan jami 136,1 ming tup ko`chatlar hisobotlarga qo`shib yozilgani aniqlangan.

- Toshkent viloyati Ohangaron tumanida obodonlashtirish xizmati tomonidan jamoat joylarida 127,5 ming tup ko`chat ekilgani qayd etilgan bo`lsa-da, amalda ko`chatlarning aksariyati (90 foizi) qayta ekish uchun mo`ljallangan pitomniklardagi qalamchalar bo`lib, markaziy ko`chalarga ekilgan ko`chatlarning 30 foizi sug`orilmaganligi va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi natijasi qurib, o`suvchanlik qobiliyatini yo`qotgan.

- Sirdaryo viloyatida jami 1355 tup daraxt ko`chatlari, Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumanida ekilgan 3,5 ming tup ko`chatlarning yarmidan ko`pi qarovsizlik oqibatida nobud bo`lgan.

- Navoiy viloyati, Uchquduq tumanida 2435 tup amalda ekilmagan ko`chatlar hisobotlarga qo`shib yozilib, byudjetdan ajratilgan mablag`lar obodonlashtirish tizimi xodimlari tomonidan o`zlashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar