AsosiyJamiyat

Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi

'Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.

 Nizomga ko`ra, agrosubsidiya agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ajratiladi.

Buning uchun agrosubsidiya ajratishni tartibga soluvchi ishchi guruhga ariza bilan murojaat qilinadi.

Ishchi guruh arizaga muvofiq agrosubsidiyaning tegishli turi bo`yicha bajarilgan ish va xizmatlarni (mahsulotlarni) joyiga chiqqan holda o`rganib chiqadi hamda agrosubsidiyani ajratish yoki uni rad etish to`g`risidagi xulosani vakolatli davlat organiga taqdim etadi. 

 Vakolatli davlat organi ishchi guruh xulosasini o`rganib chiqib, xulosa kelib tushgandan boshlab 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi sub`ektga subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi to`g`risida javob xati yuboradi.

 So`ng vakolatli davlat organlari tomonidan 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi sub`ektga subsidiya ajratish bo`yicha to`lov hujjatlari G`aznachilik xizmati qo`mitasiga jo`natiladi.

Shunga ko`ra, G`aznachilik xizmati qo`mitasi to`lov hujjatlarini olgach 1 ish kunida tegishli subsidiya summasini agrosubsidiya oluvchining bank hisobvarag`iga o`tkazib beradi.

 

    Boshqa yangiliklar