AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklardan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash uchun bormaslik so`ralmoqda

'O`zbekistonliklardan  Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash uchun bormaslik so`ralmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi O`zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

"So`nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o`rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari bilan bog`liq turli xabarlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar