O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Davlat rahbari oliy darajadagi uchrashuvlar o`tkazdi. O`zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etdi. Unda mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo`nab ketdi.






