AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 6-sonli tug`uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etgan holat yuzasidan SSV rasmiy munosabat bildirdi

'Toshkentdagi 6-sonli tug`uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etgan holat yuzasidan SSV rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Biroz avval  Toshkent shahridagi 6-sonli tug`uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Sog`liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, bemor D.Sh. egizak homiladorlikning og`ir asoratli kechishi tufayli poytaxtimizdagi 6-sonli tug`uruq kompleksiga joriy yil uch marotaba (4-11 aprel, 29 may-5 iyun va 13-17 iyun kunlari) yotqizilgan va homilaning surunkali tushish xavfi bilan davolangan.

Ayolda homilani saqlash bo`yicha olib borilgan stasionar va ambulator muolajalarga qaramay, 2023 yil 22 iyun kuni to`rtinchi marotaba tez tibbiy yordam xizmati avtomashinasi orqali ushbu tug`uruq muassasasiga shoshilinch ravishda olib kelingan.

Unga "Homiladolik-1. Egizak. Erta tug`uruqning boshlanishi. Homila ichki infeksiyasi. Kam suvlik." tashxisi qo`yilgan.

2023 yil 22 iyun kuni soat 21.45 da ayolda erta tug`uruq kuzatilgan. Asoratli tug`uruq belgilari bilan og`ir darajadagi chalalik, chuqur asfiksiya, sust yurak urishi bilan 660,0 gr., 33 sm. uzunlikdagi qiz jinsli chaqaloq tug`ilgan. Biroq shifokorlar tomonidan o`z vaqtida olib borilgan yurak-o`pka reanimasiyasi muolajalari samara bermagan.

Ikkinchi qiz jinsli o`lik chaqaloq 15 daqiqadan so`ng asoratli tug`uruq belgilari bilan og`ir darajadagi chalalik, o`lik homilaning bachadonda ko`ndalang joylashuvi, 560,0 gr., 31 sm. uzunlik ko`rsatkichlari bilan tug`ilgan.

Shundan so`ng yo`ldosh gistologiya tekshiruviga yuborilgan.

Bemor D.Sh.ning qarindoshlari tomonidan yozma ravishda imzolangan tilxatda tibbiyot xodimlariga e`tirozi yo`qligi va patanatomik tekshiruvga qarshiligi to`g`risidagi qat`iy talabi tufayli o`ta kam vaznli (660,0 va 560,0 gr.) chaqaloqlarni patanatomik tekshiruvdan o`tkazish imkoni bo`lmadi.

Ayol 2023 yil 23 iyun kuni qoniqarli ahvolda shifoxonadan chiqarilgan.

Ma`lumot o`rnida aytish lozimki, xalqaro miqiyosdagi ilmiy manbalarga ko`ra, 26 haftalik, o`ta kam vazndagi chaqaloqlarning yashab qolish ko`rsatkichi juda past hisoblanadi. Qolaversa, Bemor D.Sh.da homila ichi infeksiyasi, egizaklik holati va homilaning bachadonda ko`ndalang joylashuvi ikkala chaqaloqdagi asoratlarni yanada chuqurlashtirib, yashash imkoniyatidan butunlay mahrum qilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar