AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2030 yilgacha 33 ta suv tanqis hududlar qatoriga tushib qolishi ehtimoli bor

'O`zbekiston 2030 yilgacha 33 ta suv tanqis hududlar qatoriga tushib qolishi ehtimoli bor'ning rasmi

Ekspertlar tomonidan o`tkazilgan o`rganish natijalariga ko`ra, 2030 yilga borib, O`zbekistonda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi yuzaga kelishi ehtimoli bor. Bu esa mamlakatning 33 ta suv tanqis hududlar qatoriga tushib qolishiga olib keladi. Bu haqda “O`zsuvta`minot” AJ raisi birinchi o`rinbosari vazifasini bajaruvchi Tohir Haydarov Oliy Majlis Senatining 43-yalpi majlisida ma`lum qildi.

“Suv tanqisligi O`zbekiston uchun yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Yog`ingarchilikning kamligi va anomal issiq ko`plab suv omborlarining bo`shab qolishiga olib kelmoqda”, — dedi Tohir Haydarov.

Uning qayd etishicha, hozirgi kunda suvdan oqilona foydalanish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ishchi guruh tuzilib, masala bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Unda an`anaviy sug`orish usullaridan voz kechgan holda suv tejovchi texnologiyalarini qo`llashni yanada kengaytirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, mazkur yo`nalishdagi qonun va qonunosti hujjatlarini qayta ko`rib chiqish, ularni takomillashtirish masalalari ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar