AsosiyJamiyat

Advokatlik faoliyati bilan shug`ullanish istagidan bo`lgan talabgorlardan so`raladigan kamida ikki yillik ish stajiga ega bo`lishi talabi bekor qilinmoqda

'Advokatlik faoliyati bilan shug`ullanish istagidan bo`lgan talabgorlardan so`raladigan kamida ikki yillik ish stajiga ega bo`lishi talabi bekor qilinmoqda'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 4 avgust kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisi ish boshladi. 

“Advokatura to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartirish kiritish haqida”gi Qonun ma`no-mohiyatiga ko`ra, to`laligicha inson qadri tamoyiliga xizmat qiladi. 

Zero, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini malakali himoya qilishda advokaturaning o`rni nihoyatda katta.

Yaqinda senatorlarimiz “Davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatish to`g`risida”gi Qonunni ma`qulladi va u sentyabr oyidan kuchga kirishi belgilandi. 

Bu Qonun ko`proq aholining ehtiyojmand qatlamiga malakali yuridik yordam ko`rsatilishini kafolatlaydi. Ushbu Qonun to`laqonli ishlashi uchun esa birinchi navbatda malakali advokatlar zarur.

Bundan tashqari, yurtimizda tadbirkorlar soni kun sayin oshib boryapti. Tabiiyki, iqtisodiy -shartnomaviy munosabatlar ham jadallashmoqda. Bunday sharoitda malakali huquqiy xizmatlarga bo`lgan ehtiyoj faqat oshib boradi.

Biroq, shu bilan birga advokatura instituti jamiyatimizda o`zining munosib o`rniga ega bo`lishi yo`lida hali talay muammolarimiz bor.

“Advokatura to`g`risida”gi Qonunga kiritilayotgan o`zgartirishning muhimligi ham shunda. Sodda qilib aytganda, jiddiy to`siqlardan biri olib tashlanyapti.
O`ylaymizki, mutasaddi vazirlik, idoralar, birinchi navbatda Adliya vazirligi mazkur norma kutilgan samarani berishi uchun jiddiy harakat qiladilar.

    Boshqa yangiliklar