AsosiyJamiyat

Respublika ishchi guruhining Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi natijalari qanday bo`ldi?

'Respublika ishchi guruhining Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi natijalari qanday bo`ldi?'ning rasmi

Bugungi kunda davlat rahbari topshirig`iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o`z faoliyatini Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida davom ettirmoqda. Faoliyat davomida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o`rganish va hal etish bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ishchi guruh tarkibiga Prezident Administrasiyasi mas`ul xodimlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas`ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.

O`rganishlar davomida asosiy e`tibor yo`l, kommunikasiya tarmoqlari, infratuzilma, ijtimoiy ob`ektlar holati, aholi bandliigini ta`minlash, sog`liqni saqlash, ta`lim, xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi dolzarb masalalarga qaratilmoqda. 

Qisqa muddat ichida Respublika ishchi guruhi mas`ullari sa`yi-harakatlari bilan Surxondaryo viloyatida ichki yo`llarning 17,9 km qismi ta`mirlandi. Shundan, 10,1 km shag`allashtirildi, 7,8 km yo`l asfalt qilindi. Elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida 174 ta temir beton tayanchlar o`rnatildi, 6,1 km yangi tarmoq tortildi. Aholiga  qo`shimcha 482,8 tonna suyultirilgan gaz etkazib berildi. Ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash maqsadida 14,2 km tarmoq tortildi, 5 ta suv qudug`i qazildi, 2 ta suv minorasi o`rnatildi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 1 110 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub`ektlariga jami 61,2 mlrd. so`m kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 316 nafar fuqaroga 6,9 mlrd. so`m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Jami 546 nafar fuqaroning bandligiga ko`maklashildi. Shundan, 
120 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 76 nafar fuqarolar kasb-hunarga o`qishga jalb etildi, 350 nafar fuqaro haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 

Ayollar daftari” ro`yxatidagi 270 nafar xotin-qizlarga 132,7 mln. so`mlik yordam ko`rsatildi. “Yoshlar daftari” ro`yxatidagi 87 nafar yoshlarga 203,7 mln. so`mlik yordamlar ko`rsatildi. Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi tomonidan 28 nafar kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy yordam ko`rsatildi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan 35 379 ta murojaatlardan joyida 814 ta murojaat ijobiy hal etildi. 

Ana shunday amaliy ishlar Toshkent viloyatida ham davom etmoqda. 

Jumladan, viloyatning 5,95 km ichki yo`llarga asfalt qoplamasi yotqizish va shag`allashtirish ishlari bajarildi. Elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida temir-beton tayanchlar o`rnatish hamda 5 km yangi elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida hududda 4,8 km yangi ichimlik suvi tarmog`i tortildi. 

Kommunal xo`jaligi sohasini yaxshilash borasida Yangiyo`l shahri “Oltinobod” mahallasi Ma`rifat ko`chasidagi ko`p qavatli uylarning kirish yo`laklarini ta`mirlash, fasad qismini ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

Piskent tumanida maqsadli tibbiy ko`rik tashkil etilib, ko`rik  davomida 265 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Shundan, 23 nafar bemorlarga tuman va respublika muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun bepul yo`llanmalar berildi.

Tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 848 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub`ektlariga 33,7 mlrd. so`m miqdorida kreditlar ajratilishi ta`minlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yo`nalishida 178 taga 4,3 mlrd so`m, sanoat sohasi yo`nalishida 2 taga 2,4 mlrd so`m, xizmat ko`rsatish sohasiga 16 taga 2,9 mldr so`m mablag` ajratildi.

Ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar