AsosiyJamiyat

Andijonda bir oshxona tizimga qariyb 200 mln zarar keltirgani aniqlandi

'Andijonda bir oshxona tizimga qariyb 200 mln zarar keltirgani aniqlandi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o`tkazib kelinayotgan nazorat tadbirlari davomida bir qator noqonuniy holatlar aniqlanmoqda.

Xususan, shunday holatlardan biri yaqinda Andijon viloyati Jalaquduq tumani, “G`ayrat” MFYda yashovchi Sh. E. tomonidan sodir etilgani ma`lum bo`ldi.

Gap shundaki, u o`ziga tegishli oshxona elektr qurilmalarini tarmoqqa o`zboshimchalik bilan ulab, 427,7 ming kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Bu bilan ta`minot korxonasiga 191,5 million so`m miqdorda zarar etkazgan.

Qoidabuzar iste`molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar