AsosiyJamiyat

Prezident Turkmanistonga jo`nab ketdi 

'Prezident Turkmanistonga jo`nab ketdi 'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4 avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo`nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o`tkazish hamda O`zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar