AsosiyJamiyat

Andijon viloyati prokurori Toshkent viloyatiga yangi prokuror bo`ldi

'Andijon viloyati prokurori Toshkent viloyatiga yangi prokuror bo`ldi'ning rasmi

Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, bosh prokurorning buyrug`iga asosan adliya katta maslahatchisi Eshquvvatov Sirojiddin Qorshibaevich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sirojiddin Eshquvvatov tayinlovga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida shu munosabat bilan faollar ishtirokida yig`ilish o`tkazilmoqda. Yig`ilishda bosh prokuror Nig`matilla Yo`ldoshev ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar