Toshkentdagi bog`chada bola bosh miyasidan jarohatlandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar e`lon qilingach, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Voqea 2023 yil 28 mart kuni Yashnobod tumanidagi 557-sonli bog`chada, tarbiyachilarning e`tiborsizligi tufayli yuz bergan. Hodisa bo`yicha fuqaro tomonidan o`sha zahoti Yashnobod tuman IIO FMO boshqarmasiga murojaat qilingan va murojaatda keltirilgan vajlar yuzasidan Yashnobod tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Uning natijasiga ko`ra 6 aprel kuni holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilingan.






