AsosiyJamiyat

Farg`ona shahrida haydovchisi va fuqaro o`rtasidagi janjal ortidan 3 nafar IIO xodimi egallab turgan lavozimidan bo`shatildi

'Farg`ona shahrida haydovchisi va fuqaro o`rtasidagi janjal ortidan 3 nafar IIO xodimi egallab turgan lavozimidan bo`shatildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Farg`onada fuqaro taksi haydovchisi telefonga javob bermagani uchun uning mashinasini pachoqlab tashladi. 

Farrg`ona IIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, holat bo`yicha IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko`ra, o`z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganliklari uchun Farg`ona viloyati IIB patrul-post xizmati otryadi safdor xodimlari V.N., E.P hamda guruh komandiri kapitan Z.O. egallab turgan lavozimidan bo`shatildi.

Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni komandiri H.S.ga nisbatan “Xayfsan” intizomiy jazosi qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar