AsosiyJamiyat

OTMga kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e`lon qilindi

'OTMga kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

2023 yil 1 avgust kuni o`tkazilgan oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovi natijalari e`lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 1 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abiturientlar o`z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1- my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo`limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

2- mandat.uzbmb.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini kiritgan holda.

3- Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini yuborgan holda:

 @e_dtm_mandatbot

 @e_dtm_mandat1bot

 @e_dtm_mandat2bot

 @e_dtm_mandat3bot

 @e_dtm_mandat4bot

    Boshqa yangiliklar