AsosiyJamiyat

Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari va MChJ yuristi ushlandi

'Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari va MChJ yuristi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari va MChJ yuristi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari J.M. "O.F." MChJ umumiy ovqatlanish shoxobchasining yopib qo`yilgan hisob-raqamini ochib berganligi evaziga “S.” MChJ yuristi Yu.O. (sobiq DSI xodimi) orqali tadbirkor M.A.dan 2 000 AQSh dollari pora talab qilib, ushbu pullarni Yu.O. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan va Yu.O.ga nisbatan 28, 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar