AsosiyJamiyat

Andijon va Sirdaryo viloyatlari soliq boshliqlari hamda Soliq qo`mitasining yirik soliqchilar bilan ishlash inspeksiyasi boshlig`i ishdan ketdi

'Andijon va Sirdaryo viloyatlari soliq boshliqlari hamda Soliq qo`mitasining yirik soliqchilar bilan ishlash inspeksiyasi boshlig`i ishdan ketdi'ning rasmi

Davlat rahbari soliq idoralari qo`shimcha manbalar topish o`rniga eski zamon kasaliga berilib, ishlayotgan tadbirkorlarning tayyor mablag`larini undirishga o`rganib olgani qayd etdi.

Masalan, 2022 yilda tadbirkorlar tomonidan ortiqcha to`langan soliqlar hajmi 320 milliard so`mga oshib, 4,4 trillion so`m bo`lgan.

“Afsuski, soliq xodimlari o`rtasida korrupsiyaviy jinoyatlar soni yildan-yilga ko`paymoqda”, - dedi Prezident.

Bosh Prokuratura huzuridagi Departament nazoratni susaytirib yuborgani tanqid qilinib, unga soliqchilar tomonidan ortiqcha to`lovlar undirish, ularni vaqtida qaytarmaslik, tekshirishdagi soxtakorlik kabi qonun buzilishlarni oldini olish bo`yicha amaliy tizim yaratish topshirildi.  

Shuningdek, byudjet tushumlarini ta`minlash va tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun:

- Andijon va Sirdaryo viloyatlari soliq boshliqlari hamda Soliq qo`mitasining yirik soliq to`lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisini lavozimidan ozod qilish;

- Iqtisodiyot va moliya vazirining soliqqa mas`ul o`rinbosari D.Sultonov, Soliq qo`mitasi raisi o`rinbosarlari M.Mirzaev, J.Abdiev, S.Eshmatov, M.Mahkamov, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig`iga hayfsan e`lon qilishga ko`rsatma berildi.

 

    Boshqa yangiliklar