AsosiyDunyo

Turkiyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

'Turkiyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirildi'ning rasmi

O`zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada bo`lib turgan o`zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

Unda hozirgi kunda Turkiya polisiyasi tomonidan noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish doirasida yirik shaharlar va jamoat joylarida "maxsus reydlar" davom ettirilayotgani ma`lum qilingan.

Shuningdek, ta`kidlanishicha, Turkiyada bo`lish qoidalarini buzgan va qo`lga olingan xorijliklar orasida O`zbekiston fuqarolari ham bo`lib, ularning aksariyati Istanbul shahridan boshqa viloyatlardagi repatriasiya markazlariga yuborilayotgani kuzatilmoqda.

Fuqarolardan o`zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarini olib yurishlari so`raladi», deyiladi bosh konsulxona xabarida.

    Boshqa yangiliklar