AsosiyJamiyat

Samarqandda abiturient imtihondan chetlashtirildi (video)

'Samarqandda abiturient imtihondan chetlashtirildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 avgust kuni o`tkazilgan test sinovlaridagi abiturientlarga berilgan savollar varag`ining surati tarqalgandi. Holat yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, tarmoqlarda tarqalgan suratda kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7101863 raqamli test topshiriqlari kitobi 1 avgust kuni Samarqand viloyatida o`tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo`lgan.

Qayd etilishicha, mazkur abiturient test topshiriqlari kitobining varag`ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlanib, qonunga muvofiq test sinovidan chetlashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar