AsosiyJamiyat

Samarqandda qayiqda suratga tushmoqchi bo`lgan to`rt nafar yigit suv omborida cho`kib ketdi

'Samarqandda qayiqda suratga tushmoqchi bo`lgan to`rt nafar yigit suv omborida cho`kib ketdi'ning rasmi

 Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 30 iyul kuni  Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Ko`kdala tumanlarida yashovchi 7 nafar fuqaro Samarqand viloyatiga — Nurobod tumani "Po`lat" mahallasida yashovchi tanishining tug`ilgan kunini nishonlash maqsadida borgan. Shu kuni soat taxminan 17:30 atrofida mahalladan o`tuvchi Kattaqo`rg`on suv omboriga cho`milish maqsadida borib, u erdagi qayiqda suv ombori qirg`og`idan taxminan 40 metr uzoqlikka suzib borishgan.

Shu paytda qayiq ustida fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilishgani sababli muvozanatni yo`qotib, qayiq ag`darilib ketgan. Oqibatda ularning 4 nafari — 21, 25, 22 va 21 yoshli yigitlar cho`kib ketgan, 3 nafari qirg`oqqa suzib chiqishga muvaffaq bo`lgan

Olib borilgan qutqaruv ishlari davomida 1 nafar shaxsning murdasi topilgan, hozirda qolganlarini qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar