AsosiyJamiyat

Andijonda 2 nafar bola daryoda cho`kib ketdi (video)

'Andijonda 2 nafar  bola daryoda cho`kib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon viloyati Baliqchi tumanida Qora daryoda 2 ta bola cho`kib ketgani aytilmoqda, onalari dod solib yig`lab qidirib yuribdi" sarlavha ostida video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 iyul kuni Norin tumanidagi Xo`jaqo`rg`oncha va Changitma mahallalarida yashovchi 2009 va 2011 yillarda tug`ilgan N. Arabboev va I. Egamberdiev Norin tumani Changitma mahallasidan oqib o`tuvchi Qoradaryoga cho`milgani borib cho`kib ketgan.

Joriy yil 27-28 iyul kunlari ikki nafar bola Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo`limi  g`avvoslari tomonidan topilgan.

    Boshqa yangiliklar