Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi. Yirik sanoat majmualari va sport ob`ektlari bilan tanishish, yangi korxonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.
Shuningdek, kambag`allikni qisqartirish, aholi bandligini ta`minlash hamda mahalliy byudjet daromadlarini ko`paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazilishi kutilmoqda.






