Bahrayn poytaxti Manama shahrida 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi 2-turida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Avstraliya U-19 termasi bilan kurash olib bordi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda vakillarimiz 3:2 hisobida zafar quchib, muddatidan avval chorak final yo`llanmasiga ega bo`ldi.
O`zbekiston yoshlar termasi safida Doston Ibragimov dubl qayd etgan bo`lsa, yana bitta golga Bobir Abduxoliqov mualliflik qildi.
U-19 Osiyo chempionati. “D” guruhi, 2-tur
Avstraliya U-19 – O`zbekiston U-19 — 2:3
Gollar: Bobir Abduxoliqov (28), Doston Ibragimov (40, 46), Liam Yulley (63 pen), Jek Blekvud (90+3 pen).





