AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi saylovlarga aralashganlikda ayblanib, 50 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, Bu haqda "eadaily" yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, ayblov xulosasiga ko`ra, sudyalar hay`ati sobiq prezidentga “AQShni aldash maqsadida fitna uyushtirganlik”, “rasmiy tartib-qoidalarga aralashish maqsadida fitna uyushtirganlik”, “rasmiy tartib-qoidalarga aralashish va aralashishga urinish”, “huquqlarga qarshi fitna” moddalarida ayblanishi mumkinligiga rozi bo`lgan. Aytilishicha, Tramp o`zining nomlari oshkor qilinmagan olti nafar sherigi yordamida yuqoridagi harakatlarni sodir etgan.
Tramp 3 avgust kuni Vashingtondagi sudga chiqishi kerak.
Qayd etilishicha, 2021 yil 6 yanvarda Tramp tarafdorlari Kongressni bir necha soat davomida to`sib qo`yib, Kapitoliyga hujum qilishadi. Namoyishchilar binodan chiqarib yuborilgach, kongressmenlar prezidentlik saylovlarida Jo Baydenning g`alabasini ma`qulladilar. Keyinchalik, Qo`shma Shtatlarda yuzlab odamlar hujumda ishtirok etganlikda ayblanib, huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olinadi.
Ilgari Tramp maxfiy hujjatlarni saqlashdagi qoidabuzarliklar bo`yicha allaqachon ayblangan, bu epizodlar uchun siyosatchi ham ko`plab moddalarning har biri bo`yicha 10 va 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biznes hujjatlarini qalbakilashtirish bo`yicha Trampga 34 ta epizod bo`yicha ayblov qo`yildi, ularning har biri to`rt yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi, ya`ni siyosatchi 136 yilga qamalishi mumkin. Agar hakamlar hay`ati Trampni aybdor deb topsa, sudya hukm chiqarishda yakuniy shartlarni belgilaydi.
Ammo u qamoqqa tushib qolsa ham, Tramp maxfiy xizmat xodimlari tomonidan qo`riqlanadi. Departament 1965 yilda qabul qilingan qonundan kelib chiqib, sobiq prezidentlarni "bir umrga" himoya qilishi kerak.






