AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning 2 ta tumanida gaz vaqtincha o`chiriladi

'Bugun Toshkentning 2 ta tumanida gaz vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlarini ba`zi mahallalarida vaqtincha gaz o`chadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2 avgust kuni Sergeli tumani “Yuqori Darxon” MFYdagi Navro`z va Dilxush ko`chalaridan hamda Yashnobod tumani “Mirishkor” hamda “Olmos” mahallalari chegara hududidan o`tgan o`rta bosimli gaz quvurlarini tartibga solish ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan mazkur mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta`minoti uziladi.

    Boshqa yangiliklar