AsosiyJamiyat

Samarqanddagi mehmonxonada 30 yoshli ayolning murdasi topildi

'Samarqanddagi mehmonxonada 30 yoshli ayolning murdasi topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Temiryo`l dehqon bozori oldidagi mehmonxonalarning birida qotillik ro`y berganligi to`g`risidagi xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahri "Nurli yo`l" mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayolning murdasi bo`yin sohasidan bo`g`ilgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar