Turkmaniston havo yo‘llari Ashxoboddan Moskvaga parvozlarni to`xtatganini ma`lum qildi. Buning o`rniga kompaniya Qozonga uchadi.
“Moskva havo holatining yomonligi munosabati bilan parvozlar xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2023 yil 8 apreldan boshlab “Turkmaniston havo yo`llari” AJning Ashxobod-Moskva-Ashxobod yo`nalishi bo`yicha parvozlarni amalga oshiruvchi barcha reyslari to`xtatiladi va Ashxobod-Qozon-Ashxobod yo`nalishida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.






