Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasiga Zomin tumanida chiqindilarni suvga tashlash bilan bog`liq holat yuzasidan murojaat kelib tushgan. Bu haqda Ekologiya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O`rganish davomida dam olish maskanlaridagi suvlarni ifloslantirish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, suv to`plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob`ektlariga oqindi suvlarni oqizish kabi huquqbuzarliklar sodir etilgani aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan MJtKning 72-moddasi 1-qismi, 65-moddasi 4-qismi, 91/1-moddasi 1-qismi, 91-moddasi 1-qismi bilan 21 nafar shaxsga ma`muriy ish qo`zg`atilgan. Natijada ularga 33 999 000 ming so`m miqdorida jarima solingan.






