AsosiyDunyo

Misrda avtobus va yuk mashinasining to`qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi

'Misrda avtobus va yuk mashinasining to`qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Misr shimolidagi Matruh provinsiyasi qirg`oqbo`yi trassasida sayyohlik avtobusi va yuk mashinasining to`qnashib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, 37 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Xinhua agentligi.

"Yo`l-transport hodisasi ertalab Matruh-Aleksandriya xalqaro qirg`oq yo`lida El-Dabaa shahri yaqinida sodir bo`lgan. Yaradorlarni yaqin atrofdagi shifoxonalarga etkazish uchun zudlik bilan 10 ta tez yordam mashinasi jo`natildi", – deyiladi bayonotda.

Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Mabruk Salem qurbonlarning turli darajadagi jarohatlari borligini, ularning ba`zilari jarrohlik amaliyotiga muhtojligini aytgan.

Misrda har yili minglab odamlar tezlikni oshirish, yomon yo`l sharoitlari va yo`l harakati qoidalarini buzish tufayli halok bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar