30 iyul kuni Malayziya poytaxti Kuala Lampurda o`tgan ALOHA (Mental Arithmetic) mental arifmetika bo`yicha chempionatda O`zbekistondan qatnashgan 33 nafar o`quvchining barchasi g`olib, deb topildi, deya xabar bermoqda O`zA.
Ta`kidlanishicha, Kuala Lampurda o`tgan ushbu chempionatda 40 yaqin davlatdan kelgan 700 dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan. O`zbekistondan 33 nafar o`quvchi ishtirok etgan.






