Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda joylashgan metan “zapravka”dagi holat bo`yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ta`kidlanishicha, Namangan viloyatidagi barcha metan “zapravka”larga ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko`ra, tabiiy gaz to`liq etkazib berilgan.
"Videoda tarqalgan holatdagi “zapravka” esa berilgan oylik limitni ishlatib bo`lgan. Bugun soat 00:00 dan yangi oy boshlanadi va mazkur “zapravka”ga gaz etkazib berish yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek, metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo`q. Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh bo`lsangiz, O`zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasining 1159 raqamli “Ishonch telefoni”ga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin", deyiladi munosabatda.






