Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda tuman ETK rahbari Q.X. elektr energiyasidan 779 mln so`m qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan “A.B.” fermer xo`jaligini elektr tarmog`iga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga ushbu fermer xo`jaligi rahbari A.B. dan 5 mln so`m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






