AsosiyJamiyat

Maktab o`qituvchilariga 50 va 20 foiz ustama to`lanadigan sertifikatlar ro`yxati e`lon qilindi

'Maktab o`qituvchilariga 50 va 20 foiz ustama to`lanadigan sertifikatlar ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023/2024 o`quv yilida ustama to`lanadigan sertifikatlar ro`yxatini tasdiqlash to`g`risidagi qarori tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, mazkur qarorda o`tgan o`quv yilidagi sertifikatlar ro`yxatiga bir qancha o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilishi ko`zda tutilgan.

Jumladan, ro`yxatga yangidan qo`shilgan yoki ustama to`lash ballari o`zgartirilgan sertifikatlar:

GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning ( bali o`zgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan o`zgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan tarix, geografiya hamda boshlang`ich ta`lim (ona tili va adabiyot (O`zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki matematika fanidan));

Teaching English as a Foreign Language (TEFL);

Teaching English as a Second Language (TESL);

SAT subject score ( yangidan qo`shilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);

A levels (A) hamda Astrum SCertified IT Educator (80) (informatika va axborot texnologiyalari fanidan).

    Boshqa yangiliklar