Samarqand shahrida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.X. o`zi yashab kelayotgan ko`p qavatli uyning 1-yo`lagidagi qo`shimcha xonada yashirin sex tashkil qilib, “Bekot Amino” va “Monasil NEO” nomli dori vositalarining muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirib, go`yoki ushbu dori vositalari “R.M.” qo`shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganligi to`g`risida poligrafiya yozuvlarini yopishtirib qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 5 mingdan ziyod dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o`tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






