Ushbu hafta davomida O`zbekiston hududi bo`yicha o`rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, kunduz kunlari havo 35-40 darajagacha, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 42 darajagacha isiydi.
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`li hududlarida 1 avgust kuni qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
31 iyul va 1 avgustda shimolda va cho`l hududlarda, 3-4 avgustda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.
Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni biroz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat 33-38 daraja atrofida bo`ladi.
Poytaxtda: havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 8-10 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31 iyul-4 avgustda 38-40 daraja atrofida bo`ladi.






