Bugun, 31 iyul kuni poytaxt Toshkentning ikki mahallasidagi xonadonlar elektr energiyasidan o`chirib qo`yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, bugun uzoq vaqt davomida foydalanishda bo`lgan elektr ta`minoti kabellari, transformatorlarni modernizasiya qilish hamda shu orqali iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida 31 iyul kuni olib boriladigan ta`mirlash ishlari sababli quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi.
- Sergeli tumanida: “Eski Jaloir” MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Yangihayot tumanida: “Mash`al” (Ibrat) MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
“O`z navbatida yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`ragan.






