AsosiyJamiyat

Ikki hududda kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ rahbarlari qo`lga tushdi

'Ikki hududda kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ rahbarlari qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.A.” MChJ rahbari D.A. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan “X.” MFYda yashovchi 60 nafar aholi xonadoniga issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`larini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali boshqa maqsadlar uchun sarflab, talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.G.” va “S.Y.” MChJ mas`ul shaxslari va boshqalar hujjatlarni qalbakilashtirish yo`li bilan AITB “Ipak yo`li” Mirobod filiali hamda ATB “InfinBANK” Uchtepa filialidan aylanma mablag`larini to`ldirish uchun jami 900 mln so`m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilishib, bank manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar