AsosiyJamiyat

Buxoroda IIO xodimlari niqobi ostida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo`lga olindi

'Buxoroda IIO xodimlari niqobi ostida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Shofirkon tumani “Yangiqishloq” mahallasida yashovchi 1982 yilda tug`ilgan H.Z. ismli shaxs qasddan jinoyat sodir etish yo`liga o`tib, o`zgalar mulkini tovlamachilik yo`li bilan talon-toroj qilish maqsadida Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida yashovchi 2000 yilda tug`ilgan N.O., Shofirkon tumani “Quyi Chuqurak” mahallasida yashovchi 1986 yilda tug`ilgan G.O., Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan A.F. hamda Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi 2007 yilda tug`ilgan voyaga etmagan qiz U.S. lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, guruh a`zolariga Shofirkon tumanida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan J.O. ismli fuqaroning puli ko`p ekanligini, voyaga etmagan bir qiz topib u bilan jinsiy aloqaga kirishtirib, ularni jinsiy aloqa qilayotgan vaqtida ushlab olib, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo`rqitish orqali ko`p miqdorda pul talab qilib olishga qiziqtirgan.

Jinoiy rejaga ko`ra joriy yilning 26 iyul kuni jinoiy sherigi voyaga etmagan S.Sh. ni jabrlanuvchi bilan (jinoiy sherigi F.A. ga tegishli bo`lgan) Navoiy shahar “G`alaba shoh” ko`chasida jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, ular jinsiy aloqa qilayotgan vaqtida uyga to`satdan kirib borib, o`zlarini ichki ishlar organlari xodimlari sifatida tanishtirib go`yoki jabrlanuvchini jinoyat ustida ushlanganligini va voyaga etmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganligi uchun qamoqqa olinishini aytib, uni qo`rqitib, tanasining turli joylariga urib, qo`l telefoni va avtomashinasining kalitini olib qo`yib, erkini cheklab, jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan “Kobalt” rusumli avtomashinaning orqasiga o`tqizib, ikkala yon tomoniga jinoiy sheriklarini qo`yib, uni Buxoro viloyati IIB ga olib borishlarini aytib, 27 iyulga o`tar kechasi soat 4:30 larda Buxoro shahridagi “Ark” qo`rg`oni oldiga olib kelib, jabrlanuvchidan go`yoki ishni tinchitish uchun juda ko`p miqdorda, ya`ni 15 000 AQSh dollari talab qilganlar.

O`zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB TQX JQB mas`ul xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumot asosida 27 iyul kuni tong vaqtida o`tkazilgan tadbir davomida ushbu tovlamachilar jabrlanuvchining akasidan talab qilingan pullarni olmoqchi bo`lganlarida qo`lga olinganlar.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, 4 nafar ayblanuvchi qamoqqa olingan holda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar