AsosiyJamiyat

3 ta hududda "prava" olib berishni va`da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi

'3 ta hududda "prava" olib berishni va`da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “A.-22” MChJ avtomaktabi o`qituvchisi R.E. fuqaro A.K.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o`tkazib berishi evaziga 3,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Shuningdek, R.E.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda Nukus shaharidagi “A.” MChJ o`qituvchisi Q.E. R.E.dan 3,2 mln so`m va 4 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berish uchun yana 10,1 mln so`mni olgan vaqtida, “A.K.” MChJ instruktori S.B. Q.E.dan 12,5 mln so`mni olgan vaqtida hamda “A.K.” MChJ sobiq rahbari N.A. instruktor S.B.dan jami 12,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo`limi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.X. fuqaro U.T.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o`tkazib qo`yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar