Surxondaryo viloyati Angor tumanida o`z qizini 35 million so`mga sotayotgan erkak qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Angor tumanida 1969 yilda tug`ilgan I.Z. o`zining shar`iy nikoh asosida 2019 yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush o`rtog`i, 1994 yilda tug`ilgan X.S.ning 2023 yilning 17 iyul kunida tug`ilgan qizi B.Z.ni 35 000 000 so`mga sotmoqchi bo`lgan.
19 iyul kuni soat 21:00 larda, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi Odam savdosiga qarshi kurashish bo`linmasi hamda tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Erkak farzandini 1,4 ming dollar va 10 million so`mga sotayotgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlangan.
I.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






