Bugun, 30 iyul kuni soat 13:45 da Toshkent shahridagi «KL-Parkentskaya-2» kabel tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Buning natijasida Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumanlari iste`molchilarining bir qismi (jami 2750 ta xonadon) elektr ta`minotidan uzilgan.
Ma`lum qilinishicha, hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`ragan.






