AsosiyJamiyat

O`zbekiston nisbatan qisqa vaqt ichida sug`orish suvidan tejamkorlik bilan foydalanishga erishgan davlatlar qatoriga kirdi

'O`zbekiston nisbatan qisqa vaqt ichida sug`orish suvidan tejamkorlik bilan foydalanishga erishgan davlatlar qatoriga kirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi tomonidan 28 iyul kuni Toshkent markaziy Ekobog`ida “Kelajak uchun suvni asrang” deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda Karim Zaripov xabar berdi. 

Tadbirda suv resurslari kamayib borayotgan sharoitda suvdan tejamli va samarali foydalanishdagi, Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kredit olish shartlari, “Suvchilar maktabi” faoliyati, Suvdan samarali foydalanishda mas`uliyatni oshirish va jamoatchilik e`tiborini qaratish kabi masalalar muhokama etildi.

Dastlab, Suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari Rustam Qarshiev so`zga chiqib, bugungi kunga qadar jami 473,5 ming gektar maydonda tomchilatib, 44,7 ming gektarda yomg`irlatib, 18,0 ming gektarda diskret, 133,9 ming gektar maydonda boshqa suv tejovchi sug`orish tizimlari joriy qilindi hamda 569,0 ming gektar ekin maydonlarida lazer uskunasi yordamida tekislash amalga oshirilib, natijada ularning qo`rsatkichi 1,2 mln. gektarga yoki umumiy maydonga nisbatan 28 foizga etkazildi va shu tariqa mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligi yil sayin ortib borayotganini aytdi.

Xalqaro ekspert va tashkilotlarning fikricha, O`zbekiston nisbatan qisqa vaqt ichida sug`orish suvidan tejamkorlik bilan foydalanish borasida sezilarli natijalarga erishdi.

Tadbirda so`zga chiqqanlar suv resruslarining qadri va qiymati yil sayin oshib borayotgani, suvdan foydalanish madaniyatini tezroq o`zgartirmasak va suvni tejashga to`liq o`tmasak obi hayot tanqisligiga duch kelishimizni, shu bois targ`ibot tadbirlari o`tkazilayotganini ta`kidlashdi. 

  Ishtirokchilar suvni tejash haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar va tadbir qiziqari o`tdi.”

“Suvchilar maktabi” o`quv kursi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Suv xo`jaligi vazirligi, “Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va “Agrobank” ATB tomonidan tashkil etildi. Qishloq xo`jaligi sohasida o`z faoliyatini olib borayotgan fermer xo`jaliklari rahbar va suvchilari hamda suv xo`jaligi xodimlari bugungi kunda o`z sohalarida qo`llanilayotgan innovasion texnologiyalar, sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy etilayotgan yangi bilim va ko`nikmalarni egallagan holda, o`z faoliyatlarini takomillashtirib, suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishishlari o`quv kursining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Darslar 5 nafar mahalliy va 15 nafar turkiyalik mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Shu vaqtga qadar 60 mingta fermerlar, 4 mingta maxsus xizmat (miroblar), mingta bank xodimlari o`qishga jalb qilindi. 84 ta tumanda 24 425 ta tinglovchi o`qitildi. Darslarda ro`yxatdan o`tib, tekin ishtirok etish mumkin.”, deydi Suv loyihalari markazi direktor o`rinbosari, Muzaffar Hayitboev.

“Men ona zaminimga kelganimdan mamnunman, deya so`z boshladi turkiyalik mutasassis Mavlud Ayden. Bilasizmi, Turkiyadan suv muammosi mavjud. Qishloq xo`jaligida suvdan to`g`ri foylalanish, uni maydonlarga teng taqsimlash va hosildorlikni oshirish uchun eng yaxshi samara beradigan usul bu – suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishdir. Turkiyada ham mana shunday texnikalardan bir necha yillardan beri foydalanib kelinadi va allaqachon amaliyotda yaxshi natijalar bilan o`zini oqlagan. Faqat buni to`g`ri yo`lga qo`yish va qanday foydanatishni bilsa bas. Siz hech o`ylab ko`rganmisiz, muzlatgichdagi barcha oziq-ovqat mahsulotlaringiz, kiyimlaringiz, foydalanayotgan texnika-texnologiyalaringiz ham suvga bog`liqligini. Aslida, bularni ishlab chiqarish uchun kattagi suv ishlatiladi. Demak, suv bo`lmasa, hayot barcha sohada to`xtab qoladi. Shuning uchun biz bugun mavjud ne`matni iloji boricha asrab qolish va undan to`g`ri foydalanishimiz kerak”

“2019 yilda maydonlarimga tomchilatib sug`orish texnalogiyasini o`rnatganman. Amaliyotda natijasi ko`ryapman, juda yaxshi. Ayniqsa, bizning viloyatda anchagi suv muammo, tenika orqali suv yo`q maydonlarga ham ekin ekib, hosil olyapmiz. Texnologiyani bizga “Omad start” MChJ o`rnatib berdi. Mahalliy o`zimiznida ishlab chiqariladi, mahsulotlari sifatli va arzon ekan” Mana 4 yildan beri hech qanday muammo bo`lgani yo`q”, deya o`z tajribasi bilan Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani “Feruzbek Abdusamad” fermer xo`jaligi rahbari Ra`no Jonquvatova.

 

    Boshqa yangiliklar