Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektorining noqonuniy harakatlariga chek qo`yildi.
IIB xodimi davlat zaxirasiga olingan hududda tarkibida oltin bo`lgan ruda qazib olish uchun sharoit yaratib, huquq-tartibot idoralari tomonidan bo`ladigan reyd tadbirlaridan ogohlantirib turish evaziga mahalliy fuqarodan 30 ming AQSh dollari talab qilib, 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.






