AsosiyJamiyat

Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar ko`p undiriladi

'Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar ko`p undiriladi'ning rasmi

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo`shimcha ravishda huquqbuzarlarga:

  •  moratoriy talablarini buzganlik uchun ma`muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
  •  daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan etkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo`llaniladi.

Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo`q qilishni nazarda tutuvchi ko`rsatmalarni o`z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko`rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat`iyan taqiqlanadi.

Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog`ona pasaytiriladi.  

Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo`mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to`g`risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo`yicha huquqbuzardan undirilgan mablag`lar hisobidan BHMning 1 baravari (330 ming so`m)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi. 

    Boshqa yangiliklar