Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ko`prikdan tushib ketgani aytilayotgan avtobus "Toshshahartransxizmat"ga qarashli Mercedes-Benz rusumli avtobus hisoblanadi.
Qayd etilishicha, avtobusning ko`prikdan tushib holati O`zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus suratga olinayotgan o`tkir syujetli "Uch qahramon" filmining tasvirga olish jarayonida amalga oshirilgan sahnalashtirilgan holat.
Shuningdek, filmni suratga olish jarayonida xavfsizlik choralari ko`rilgan bo`lib, hudud yo`l patrul xizmati inspektorlari tomonidan nazoratga olingani hamda suratga olish jarayonida hech bir fuqaro jabrlanmaganligi ham ta`kidlangan.






