Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, joriy yilning iyun oyida 2,5 mlndan ortiq iste`molchi tomonidan 134,2 mlrd so`m keshbek yig`ilgan bo`lib, shundan 1,8 mlndan ortiq iste`molchiga 98,1 mlrd so`m keshbek to`lab berilgan.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o`tgan oylar uchun hisoblangan yana 2,3 mlrd so`m keshbek tasdiqlangan.
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1,4 trln so`mdan oshgan.
Tasdiqlanish jarayonida bo`lgan keshbeklar qachon tasdiqlanadi?
Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi, deyiladi xabarda.
29.07.2023 19:40
Iyun oyida iste`molchilarga 98,1 mlrd so`m keshbek to`lab berilgani aytildi






