AsosiyJamiyat

Ish stajiga ega bo`lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi

'Ish stajiga ega bo`lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi'ning rasmi

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–120-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi  

Farmonga ko`ra, 2023 yil 1 avgustdan:

- zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so`m;

- ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda – oyiga 
568 000 so`m;

- o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo`lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 
568 000 so`m;

- boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so`m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun – 198 000 so`m etib belgilanadi;

- boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 so`m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to`lanadi. 

    Boshqa yangiliklar