Oqdaryo tumani hududidan o`tuvchi yo`lda bir guruh fuqarolar yo`lovchi tashuvchi avtobus yo`lini to`sib, oynasiga tosh otdi.
Ayni vaqtda holat sabablari viloyat IIB tomonidan o`rganilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullaev xabar bermoqda.
"O`rganishlar yakuni bilan ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi" deyiladi xabarda.






